Postavnin: Yevropa migrant va qochqinlarning yog‘ilib kelishidan qo‘rqmoqda

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga boshqa davlat fuqarolarini olib o‘tish biznesga aylanyaptimi, muhojirlar oqimlari Yevropa davlatlari uchun qanday xavf tug‘dirmoqda? Bular xususida "Migratsiya XXI asr" fondi prezidenti Sputnik radiosiga so‘zlab berdi.
Sputnik

"Migratsiya XXI asr" fondi prezidenti Vacheslav Postavnin Sputnik radiosiga xabar qilishicha, migrant oqimlarining aksariyati Afrika, Hindxitoy yarim oroli va Yaqin Sharqdan kelmoqda.

Odamlar asosan Yevropa va AQShga ko‘chib o‘tmoqda, Rossiyani bu to‘lqinlar hozircha chetlab o‘tapti.

“Ko‘pincha migratsiya past turmush tarzi, suv va oziq-ovqat yetishmasligi bilan ifodalanadi. Va bu borada, yanada katta oqimlarni prognoz qilish mumkin”, - qo‘shimcha qildi ekspert.

Postavnin ta’kidlashicha, Yevropada 300 millionga yaqin kishining o‘zi iqlim sharoitiga ko‘ra muhojirga aylangan, ularni “iqlimiy muhojirlar” (environmental migrant) deb ham atashadi. Ko‘pincha migrantlar kontrabanda, narkotrafik va chegaradan kishilarning noqonuniy olib o‘tilishlari kabilarning tashkil topishiga sababchi bo‘ladi.

“Migrantlar transportirovkasi pul ishlab topishning yangi usuliga aylanib bo‘lgan”, - deydi Postavnin.

Yevroittifoq hozirda tashqi chegara xizmatini shakllantirish jarayonida bo‘lib, qisqa muddatda bu sohada barcha migrantlarni hisobga oladigan axborot tizimini joriy etadi.

Ekspert: YeOIIga a’zolik yangi savdo yo‘llarini ochadi va migrantlarga yordam beradi

Bugungi kunda G‘arb mamlakatlari Yevropaga har qanday kirib kelishlarni va ittifoq ichidagi harakatlanishlar ustidan nazoratni kuchaytiradi, so‘ngra esa kriminal oqimlarni berkitadi, qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Ekspertning izohini to‘liq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Postavnin: Yevropa migrant va qochqinlarning yog‘ilib kelishidan qo‘rqmoqda