TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Meksikada darg‘azab aholi Las-Margaritas tumani hokimi Xorze Eskandonni pikap mashinasiga bog‘lab, bir necha ko‘cha bo‘ylab sudrab borishdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy Heraldodemexico xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, amaldor mahalliy aholiga shaharda yo‘llarni qurishni va’da bergan, biroq buni bajarmagan.
Eskandonni arqon bilan mashinaga bog‘lashdi va politsiya mashinani to‘xtatmaguncha shahar bo‘ylab sudrab ketishdi.
Twitter’da bu haqda video paydo bo‘ldi. Videoda olomon erkak bog‘langan mashina ortidan yugirayotgani aks etgan.
Hokimning hayotga hech narsa xavf solmayapti.
Mahalliy hukumat tomonidan aholi siyosatchini olib qochishda ayblab, 30 kishi qo‘lga olingani haqida axborot berdi.