Germaniyaning Halle shahrida noma’lum shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi

Germaniyaning Halle shahrida noma’lum shaxslar odamlarga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Germaniyaning Halle shahrida noma’lum shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, hujum oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

Hujum qilgan shaxslar ikki kishi bo‘lganligi aytilmoqda.

Bild nashri ma’lumotlariga qaraganda, otishma yahudiylar ibodatxonasi yonida sodir bo‘lgan. Shuningdek, yahudiylar qabristoniga granata otilgan.

​Mamlakat politsiyasi aholini ko‘chaga chiqmaslikka chaqirmoqda. Jinoyatchilar avtomobilda voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.