O‘zbekistonlik MMA jangchisi Grozniyda vafot etdi

O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Grozniyda bo‘lib o‘tgan jangdan 3 kun o‘tib vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Grozniyda vafot etdi deb xabar qilmoqda Sports.uz sahifasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Checheniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan "ASA 100" turnirida ishtirok etgan. So‘nggi jangda Nurmatov rossiyalik Beslan Isayev bilan bellashgan va ochkolar bo‘yicha yutqizgan. Jangdan 3 kun o‘tib u miyaga qon quyilishidan vafot etgan. 

Bekzod Nurmatov O‘zbekistonda mashhur sportchi bo‘lgan. U qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘lgan. Ushbu yilning boshida Nurmatov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Batir bashi” IV etnografik turnirida Gran-pri sohibi bo‘lgan edi.MMA janglarida Nurmatov 11ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyatga erishgan.