Tramp Turkiya iqtisodiyotini yo‘q qilish bilan tahdid qildi

Turkiya yetakchisi Suriyaning shimoliy-sharqiy qismida mustaqil harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorligini aytdi. AQSh prezidenti Donald Tramp “Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish” bilan tahdid qildi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Anqara uning fikriga ko‘ra, haddidan oshadigan bo‘lsa “Turkiya iqtisodiyotini vayron qilish” bilan tahdid qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tramp qo‘li bilan Finlyandiya prezidenti tizzasiga tegishi tufayli kulgiga qoldi – video

“Avval ham qat’iy ta’kidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib o‘tadigan bo‘lsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yo‘qotib vayron qilaman", - deb yozdi AQSh yetakchisi Twitter-akkauntida.

Turkiya yetakchisi Anqara Suriyaning shimoliy-sharqiy qismida mustaqil harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorligini aytgandan so‘ng Tramp o‘z bayonotini berdi. Dastlab u yerda Turkiya va AQSh xavfsizlik hududini tuzishga kelishishgandi.

Erdo‘g‘on fikriga ko‘ra, Amerika hukumati o‘z va’dalarini bajarishmadi.

Turkiya rahbari 1-oktabr kuni mustaqil maxsus operatsiya o‘tkazishini e’lon qildi.

Besh kundan keyin u AQSh prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi, shundan so‘ng Oq uy Suriya shimolidagi Turkiya rasmiylarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Hududda kurdlar joylashgan, ular amerikaliklarni ittifoqchi, turklarni - terrorchi deb hisoblaydi.