Samarqandda turistlarni chuv tushirgan taksi haydovchisi tezda topildi

Xitoylik sayyohlar adashib taksi haydovchisiga 2,5 million so‘m to‘lashgan, haydovchi esa pulning ortiqchasini mehmonlarga qaytarish o‘rniga, lom-mim demay surib qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Xitoylik uch nafar sayyoh Samarqanddan Shaxrisabzga borib kelish uchun taksi haydovchisiga kelishilgan 250 000 so‘m o‘rniga 2 500 000 so‘m to‘lashdi, deb xabar qilmoqda STV telekanali.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha turist keldi

Haydovchi esa, pulning ortiqchasini mehmonlarga qaytarish o‘rniga, lom-mim demay ketib qolgan. Keyinroq turistlar nima bo‘lganini anglab yetishgan va Registon maydonida turistik politsiyaga murojaat qilishgan.

Turistlarda, taksining davlat raqami  aks etgan fotosurat bo‘lgani sababli YPX xodimlari bir zumda mashinani topishgan. “Vijdonli” haydovchi mehmonlarga pulning ortiqchasini qaytarib berishga majbur bo‘lgan.