TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Miss Moskva – 2015” go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina Daily Mail nashriga Malayziya sobiq qiroli Muxammad V sovg‘a qilgan nikoh uzugini sotib boraganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Voyevodinaning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya klinikasi tibbiyot to‘lovlari uchun uzukni sotishga majbur bo‘ldi. Model homiladorlikni saqlab qolish maqsadida u yerda davolangan.
“Men narxini ayta olmayman, ammo boshlang‘ich narxdan uch baravar kam”, - deydi Voyevodina.
Ta’kidlanishicha, zargarlik buyumning boshlang‘ich narxi 16 million rubldan oshgan.
Avvalroq, Voyevodina homiladorlikning to‘rtinchi oyida uning nikohi buzilgan. U bu haqda internetdan bilib olgani va shaxsan u bilan hech kim bog‘lanmaganligini aytadi.
Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganini ta’kidlaydi.
“Miss-Moskva” go‘zallik tanlov g‘olibi va sobiq qirol 2018-yil noyabr oyida turmush qurishgan. Ikki oydan so‘ng Muhammad V taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi. 21-may kuni oilada o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.