Migrantlar Rossiyaga balandroq maosh tufayli kelmoqda - mutaxassis

Rossiyada bugungi kunda oddiy ishchi kasblariga ega bo‘lgan migrantlar, ayniqsa chakana savdo va qurilish sohalarida ko‘proq kerak bo‘lmoqda.  
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Migrantlar nima sababdan Rossiyaga kelayotgani haqida Kadrlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash instituti direktori Valentina Mitrofanova aytib berdi.

“Har qanday migrantning Rossiyaga kelishiga sabab – bu yerda o‘z vataniga qaraganda, ma’lum mehnat sharoitlarining yaxshiligidadir . Ular Rossiyada ishlab o‘z oilalarini ta’minlash imkoniga ega bo‘ladilar”, - deydi Mitrofanova.

Rossiya bugungi kunda kirib kelayotgan ishchilarning naqadar yuqori malakaga ega ekanliklarini tekshirayotgani yo‘q. Shu sababdan ish beruvchilar noprofessional kadrlarga ham duch kelishi mumkin. Buni ular tushunishlari kerak. 

Rossiyada bugungi kunda oddiy ishchi kasblariga ega bo‘lgan migrantlar, ayniqsa chakana savdo va qurilish sohalarida ko‘proq kerak bo‘lmoqda.  

Ikkinchi tarafdan, migrantlar ham ular rasman ishga joylashmagan taqdirda, ular pensiya fondiga to‘lovlar amalga oshirilmasligi va ularning ij staji hisobga olinmasligini to‘g‘ri tushunishlari kerak, deydi kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassisi.

Migrantlar Rossiyaga balandroq maosh tufayli kelmoqda - mutaxassis