TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Trir-Saarburg tumanida F-16 qiruvchisi halokatga uchradi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Amerikaning Shpangdalem aviabazasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, samolyot AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli va uning boshqaruvida amerikalik uchuvchi bo‘lgan.
Uchuvchm katapulta yordamida samolyotdan otilib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Pilot qidiruv guruhi tomonidan topilgani va u yengil jarohat olgani aniqlandi.
Politsiya ma’lum qilishicha, samolyot odam yashamaydigan hududda quladi.
Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.