G‘alaba, mag‘lubiyat va norozilik: Mirzayeva JChning yarim finaliga chiqdi

Yodgora Mirzayeva boks bo‘yicha jahon chempionatining keyingi bosqichiga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Tursunoy Rahimova mag‘lubiyatga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Ulan-Udeda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Yodgora Mirzayova kanadalik bokschi Kerolayn Veyre ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vazni 57 kilogacha bo‘lgan bellashuvni o‘zbekistonlik sportchi 4:1 hisobda g‘alaba bilan yakunladi. Endi Mirzayeva musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etadi.

Mag‘lubiyat va norozilik

Tursunoy Rahimova esa xitoylik Zonju Kaiga mag‘lub bo‘ldi. Biroq O‘zbekiston milliy jamoasining bosh murabbiysi Kamoliddin Mutalov O‘zbekiston terma jamoasi hakamlar qaroridan norozi ekanligini bildirdi.

G‘alaba, mag‘lubiyat va norozilik: Mirzayeva JChning yarim finaliga chiqdi

“Rahimova hisob bo‘yicha yuz foiz g‘alaba qozondi. Hakamlar g‘alabani raqibiga berishmoqda, bunday mumkin emasku! Jang tengma-teng ham bo‘lgani yo‘q, hisob esa 4:1. Sportchimiz hammasini talab darajasida bajardi, biz undan mamnunmiz. Biz hakamlar qaroridan norozimiz va protest kiritdik”, - deb ta’kidladi Mutalov.