Bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi – video

Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepoves shahrida bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepoves shahrida bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti REN TV kanaliga asoslanib xabar qilmoqda.

Hodisa 8-oktabr kuni ertalab soat 5 da shaharning Mochenkov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan bank bo‘limida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bankomat erkak uni gaz uskunasi yordamida ochmoqchi bo‘lgan paytda portlab ketgan. Natijada voqea joyida erkakning o‘zi ham halok bo‘lgan.

Ushbu binoda istiqomat qiluvchilar jabr ko‘rmagan. Hozirda tergovchilar hodisa tafsilotlarini aniqlashmoqda.