Andijonda o‘qituvchilarni kaltaklaganlar ustidan jinoyat ishi ochildi

Fuqaro U.T. va uning 2 nafar sheriklariga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Andijon shahridagi maktabda o‘qituvchilarni kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda o‘qituvchi hamkasblarini ayovsiz kaltaklatdi

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘ining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan fuqaro U.T. va uning 2 nafar sheriklariga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar kaltaklangani xabar qilingan edi.