TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
TIV xabariga ko‘ra, majlis 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Majlis davomida MDH Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibi, unda imzolanadigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, MDH TIV xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishadi.