O‘zbekiston qanday xalqaro shartnomalarga qo‘shilganligi aniqlandi

O‘zbekiston Prezidenti baravariga ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kuni-kecha ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi, xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, MDH a’zolari bilan intellektual mulk obyektlariga huquqni himoya qilish sohasida bojxona organlarining o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi hujjat qabul qilindi. U joriy yil 31-may kuni Ashhobodda bo‘lib o‘tgan MDH a’zo-davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangandi.

Mazkur shartnomaning respublikada joriy etilishida vakolatli organ etib O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasi belgilandi. Shartnoma MDH mamlakatlari bojxona xizmatlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda o‘zaro axborot almashinuviga asos va ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, qayd etilgan turdagi mahsulotlarning aylanmasiga samarali tarzda qarshi kurashishga imkon yaratadi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

Shartnoma Hamdo‘stlik hududidagi o‘zaro savdo tizimida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni yuqori darajadagi himoyalanishini ta’minlaydi. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus hukumatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ham tasdiqlandi.