Toshkent metrosida to‘lovning yangi usuli joriy etildi

Yangi to‘lov tizimi alohida stansiyalarda o‘z ishini boshlagan bo‘lib, u foydalanuvchilar uchun qator qulayliklarni vujudga keltiradi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Toshkent metro stansiyalarida endilikda Humo kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish mumkin, xabar beradi to‘lov tizimi matbuot xizmati.

Toshkent metrosida bepul Wi-Fi ishga tushdi

Poytaxt metropoliteni qator stansiyalarida Humo kartalaridan bevosita to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun maxsus turniketlar ishga tushirilgan. Mazkur tizim yo‘lovchilarning kassada navbatda uzoq turib qolishlarini oldini olib, ular uchun qulay imkoniyat yaratadi. 

Tizim o‘z ishini “Buyuk Ipak yo‘li”, “Amir Temur hiyoboni”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Chilonzor”, “Beruniy”, “Minor” va “Abdulla Qodiriy” metro bekatlarida boshlagan.

To‘lovni amalga oshirish uchun Humo kartasini bor-yo‘g‘i validatorga tegizish talab qilinadi. Hozirgi kunda mazkur tizimga metropolitenning barcha bekatlarini ulash rejalashtirilmoqda.