Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi

Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV an’anaviy musobaqada 47 davlatdan kelgan polvonlar ishtirok etishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Termiz shahrida kecha kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa yakunlandi, g‘oliblarga pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi.

Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi

“Alpomish“ stadionida 5-6 oktabr kunlari bo‘li o‘tgan musobaqada dunyonig 47 davlatdan kelgan polvonlar g‘oliblik uchun kurashdilar. An’anaga ko‘ra, bellashuvni oqsoqol kurashchi polvonlar boshlab berdi.

Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi

Musobaqada erkak polvonlar - 55, 66, 73, 81, 90, +100 kg  vazn toifasida, ayollar - 48, 57, 70, +78 kg. vazn toifasida bellashishdi.

At-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqadaning mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qildi. Musobaqalarda o‘z vazn toifasida 1 o‘rin uchun - 3 000 dollar, 2 o‘rin uchun -  2 000 dollar, va 3 o‘rin uchun - 1 000 dollardan pul mukofotlari berildi. Mutlaq vazn chempioniga 10 ming dollar mukofot berildi.

Surxondaryoda xalqaro kurash musobaqasi g‘olibiga 10 ming dollar topshirildi

Mutlaq vazn bo‘yicha final bahsda xorazmlik Boltaboy Boltaboyev surxondaryolik Muxsin Hisomiddinov bilan bellashdi. Bahsda xorazmlik polvon ustun keldi. 2 o‘rin - Muhsin Hisomiddinov, 3-o‘rin uchun tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyev va eronlik Nafari Pahlavoniy egaladi.