O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,31 so‘mga pasaydi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 8-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,31 so‘mga pasayib, 9 433,34 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 21,28 so‘mga oshdi va 10 354,03 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 6,67 so‘mga kamaydi va 145,75 co‘mni tashkil qildi.