Eronda Anjelina Joli qiyofadoshi hibsga olindi

Eronlik 22 yoshli Saxar Tabar foto suratlari uchun hibsga olindi. Huquq-tartibot organlari tomonidan u shirkda ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Eronda Anjelina Joli qiyofadoshi shirk keltirish va Instagramdagi fotosurati yuzasidan shikoyatdan so‘ng ig‘vogarchilikda ayblandi. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Eron kosmik sun’iy yo‘ldoshi portlagani haqidagi xabarni rad etdi

Xabarda yozilishicha, Tehronda ayol sud qaroriga asosan hibsga olindi.

22 yoshli Saxar Tabar Instagram’da shok suratlarini joylashtirgandan so‘ng mashhur bo‘ldi. Ularda g‘ayritabiiy yuz shakllari tasvirlagan.

Eronlik ayol o‘zining noodatiy qiyofasini fotosuratlarni qayta ishlash dasturlari va makiyaj  vositalaridan foydalanganini tushuntiradi.