O‘zbekiston va YeOII

YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston eksportiga qanday ta’sir qiladi – ekspert fikri

“Yevrosiyo dunyosi” jamoat jamg‘armasi rahbari va siyosatshunos Eduard Poletayev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi uning eksport salohiyatiga qanday ta’sir qilishi haqida Sputnik O‘zbekistonga o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

Ekspert O‘zbekiston iqtisodiyotini tarkibini hisobga olish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Mavjud bo‘lgan tizimni tez fursatda qayta o‘zgartirib bo‘lmaydi. Masalan, Qozog‘iston uzoq yillar davomida xom ashyo eksportidan voz kechishga harakat qilmoqda.

O‘zbekiston ham bundan voz kechmoqda, respublikaning qishloq xo‘jalik va avtomobilsozlikdagi muvaffaqiyatlarini esdan chiqarmaslik kerak.

Siyosatshunosning prognoziga ko‘ra, YeOIIga qo‘shilishi bilan O‘zbekiston barqaror shartnomalarini hisobga olgan holda eksport hajmi 10-40 foizga ko‘payishi mumkin.

Ammo shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekistonning Yevropa ittifoqida boshqa sheriklari ham bor va hech kim ularni yo‘qotishni xohlamaydi.

Hech kim o‘z tovar ayirboshlashini faqat bitta davlat hisobidan oshirish istamaydi, deb xulosa qildi ekspert.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston eksportiga qanday ta’sir qiladi – ekspert fikri