TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 25-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston elektron OAVlar assotsiatsiyasi hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” videoroliklar tanlovi o‘tkazmoqda.
Sovrinli nominatsiyalar soni - 11ta:
- O‘zbekiston gastronomik turizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston ekologik turizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston MICE turizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston Ziyorat turizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston tibbiy turizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston etnoturizmi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston agroturizmi – 15 mln. so‘m
- Jamiyatdagi hatti-harakatlar madaniyati – 15 mln. so‘m
- O‘zbekiston hududlarining umumiyligi – 15 mln. so‘m
- O‘zbekistonda xavfsizlik – 15 mln. so‘m
- Bosh mukofot – “Spark” avtomobili.
Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ushbu nominasiyalar bo‘yicha mustaqil ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni DVD diskda HD formatda, ishtirokchining pasport nusxasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-noyabriga qadar taqdim etish lozim.
Ushbu tanlov shartlari bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.