TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari paxta terimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda DSQ matbuot xizmati.
“Davlat soliq qo‘mitasining 250 nafardan ziyod xodimlari shanba kuni o‘z tashabbuslari bilan O‘rta Chirchiq tumanidagi “Vohidjon agro” fermer xo‘jaligi maydonidagi paxta terimida ishtirok etdi”, - deyilgan xabarda.
Soliqchilar bir kunda jami 9,3 tonnadan ortiq paxta terishgan. Kun so‘ngida eng faol terimchilarga Qo‘mitaning esdalik sovg‘alari topshirilgan.