TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisi etib saylandi, deb xabar qilmoqda Federatsiya matbuot xizmati.
“Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.
Saylovda boshqa nomzodlar ko‘rsatilmadi va Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldin ushbu lavzoimni O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodov ishlar edi. Murodov lavozimidan ozod etilganidan so‘ng bir necha oy davomida federatsiya raisi lavozimi vakant edi.
Ma’lumot uchun, Nig‘matilla Yo‘ldoshev 1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning Yuridik fakultetini bitirib Olmaliqda prokuraturasi o‘z faoliyatini boshlagan. Undan so‘ng Yunusobod tuman prokuraturasi hamda Respublika Bosh prokuraturasida faoliyat yuritgan. Undan so‘ng adliya vaziri va senat raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.