TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Kecha Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov hamda meksikalik Alexandro Barrero ishtorikida bo‘lib o‘tgan jang O‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi bilan tugadi.
Isroil Madrimov nafaqat g‘alaba qozondi balkim raqibini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib texnik nokautga erishdi. Beshinchi raundda hakam meksikalik bokschini do‘pposlashdan asrab qolish uchun jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz Madrimov WBA InterContinental kubogida qo‘lga kiritgan chempionlik kamarini himoya qilish uchun ringga ko‘tarilgan edi.
Quyida ushbu jangning eng yorqin lavhalari bilan tanishishingiz mumkin.