O‘zbekistonda olimlarning maoshi oshdi

Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangilangan miqdorlari tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining maoshi oshdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangilangan miqdorlari tasdiqlandi.

O‘zbekistonda olimlarning maoshi oshdi
O‘zbekistonda olimlarning maoshi oshdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari xodimlarining maoshi oshgani haqida xabar bergan edik.