Yapon kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalarini qurishga qiziqmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida qator tashkilot va kompaniyalar rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida “Toyota Tsusho” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy energiya: O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalar quriladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Yaponiyaning ko‘p tarmoqli “Toyota Tsusho” kompaniyasi rahbariyati bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik, to‘qimachilik, kimyo, konchilik va oziq-ovqat sanoati, elektronika va mehmonxona biznesi sohalaridagi faoliyatni diversifikatsiya qilishning dastlabki shartlari muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, kompaniya ijrochi direktori M.Akiyama davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida mamlakatning bir qator hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurishga va respublikaning yirik sanoat obyektlarini xususiylashtirishda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilgani xabar qilingan edi.