Erdo‘g‘on yaqin kunlarda Suriyada amaliyot boshlanishini istisno qilmadi

Amaliyotning maqsadi Suriya kurdlarining mudofaa kuchlaridan Turkiya bilan chegaradosh Suriya hududini tozalash hamda u yerda xavfsiz zona yaratish bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Turkiya harbiylari Suriya shimolida amaliyot boshlashga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

“Biz tayyorgarlik ko‘rdik, harakat rejalarini bajardik, zaruriy ko‘rsatmalar berdik. Balki bugun yoki ertaga biz bunday qarorni qabul qilamiz. Bu amaliyotni ham yerdan, ham havodan olib boramiz”, - deya Erdo‘g‘on so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Ta’kidlanishicha, amaliyotning maqsadi Suriya kurdlarining mudofaa kuchlaridan Turkiya bilan chegaradosh Suriya hududini tozalash hamda u yerda xavfsiz zona yaratish bo‘ladi.