O‘zbekistonliklarni chuv tushirgan Kamerun fuqarolari ushlandi – foto

O‘zbekistonda 4 nafar Kamerun fuqarolari sodir etgan firibgarlik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonliklarni  chuv tushirgan Kamerun fuqarolari ushlandi.

Hozirda 4 nafar Kamerun fuqarolari sodir etgan firibgarlik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonliklarni chuv tushirgan Kamerun fuqarolari ushlandi – foto

“Agar Siz fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaro tanishini 22 mln so‘mga chuv tushirgani xabar qilingan edi.