TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, har 2-yilda bir marta sentabr oyida Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.
Shuningdek, festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.
Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdan iborat.