Putin Rossiya fuqarolar urushidan nima evaziga qutulib qolganini aytdi

Rossiya rahbarining ma’lum qilishicha, 90-yillarda Rossiya tarixidagi eng og‘ir davrni boshdan kechirgan. Rossiya ichki siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar bilan bir qatorda xalqaro terrorizm tomonidan hujumga uchragan.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya 90-larda rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlarning vatanparvarligi, jasurligi, sabr-toqatliligi va mehnatsevarligi tufayli fuqarolar urushidan qutulib qolgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahridagi “Valday” xalqaro diskussion klubining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

“Rossiya har qanday xalq, har qanday millat va mamlakat uchun eng yomon narsa – davlatning parchalanishi va yo‘qolib ketishi yoqasiga kelib qolgandi. Bu tahdid qil ustida turgandi va buni ko‘pchilik his qila boshlagandi. Biz o‘shanda yirik miqyosdagi fuqarolar urushi botqog‘iga botib qolishimiz, davlat birligi va suverenitetini yo‘qotishimiz hamda jahon siyosatidan tashqarida qolishimiz mumkin edi. Faqat rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlarning vatanparvarligi, jasurligi, sabr-toqatliligi va mehnatsevarligi tufayligina mamlakatimiz bu xavfli chegaradan uzoqlashdi”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti keltirmoqda.

Rossiya rahbarining ma’lum qilishicha, 90-yillarda Rossiya tarixidagi eng og‘ir davrni boshdan kechirgan. Rossiya ichki siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar bilan bir qatorda xalqaro terrorizm tomonidan hujumga uchragan.