Mirziyoyev “Captiva” sovg‘a qilgan tojikistonlik dehqon vafot etdi

Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi edi. Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrif davomida unga “Captiva” avtomashinasini sovg‘a qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Tojikistonning Tursunzoda shahrida asli oltiariqlik usta dehqon farzandi Kamol hoji Madumarov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Tojikiston rahbari Emomali Rahmon dehqonning katta o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, chuqur hamdarlik bildirgan.

Xabarda Kamol Madumarov umri davomida mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasini, ayniqsa, bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Emomali Rahmon bilan Tursunzoda shahridagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurgan edi. O‘zbekiston prezidenti uzumzor bog‘ va mahsulotlar omborini ko‘zdan kechirib, Kamol Madumarovga mamlakatda ishlab chiqarilgan “Captiva” avtomashinasini sovg‘a qilgan edi.

Mirziyoyev “Captiva” sovg‘a qilgan tojikistonlik dehqon vafot etdi

Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, el orasida obro‘ topgan. Xo‘jalik uzumzori 500 gektarni tashkil etadi. O‘nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug‘i butun mintaqaga taralgan.