Chaqaloq muzlatgichda: qozog‘istonlik shifokorlar qotillikda ayblanmoqda

Qozog‘istonda shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni jonlantirish bo‘limiga emas, muzlatgichga joylashtirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Atirau viloyatidagi shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni muzlatgich kamerasiga joylashtirganlikda gumonlanmoqda, chaqaloq buning oqibatida vafot etgan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat korrupsiyaga qarshi agentligi raisi muovini Shirgis Kabdulaga asosan xabar qildi.

Muzlatgichda qulflanib qoldi: Issiq-ko‘lda ikkita bola halok bo‘ldi

“Gippokrat qasamodiga sodiq bo‘lishi lozim bo‘lgan sog‘liqni saqlash xodimlari yangi tug‘ilgan chaqaloqni muzlatgich kamerasiga qo‘yib o‘ldiriganlikda gumonlanmoqda. Maxsus tezkor tadbirlar natijalariga ko‘ra, bola tug‘ilgandan keyin mas’uliyatsizlik oqibatida o‘lik holda tug‘ilgan bola sifatida ro‘yxatga olingan, aslida u tirik ekanligi aniqlandi.

Bola tiriklik alomatlarini bera boshlagandan so‘ng, imkoniyat bo‘lishiga qaramasdan, shifokorlar unga shoshilinch yordam choralarini ko‘rsatish o‘rniga rasmiylashtirilgan hujjatlar bo‘yicha harakat qilish va chaqaloqni nobud bo‘lishga qoldirishga qaror qilishdi,”, - deydi Kabdula.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “shifokor bunday harakatlarining sabablaridan biri - ma’lumot bazasida o‘zgartirib bo‘lmaydigan, rasmiylashtirilgan hujjatlar bo‘ldi”.

Gumonlanuvchilar hibsga olingan, tergov davom etmoqda.

Qotillik jinoyati bo‘yicha tergov olib borilmoqda, gumonlanuvchilar 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.