Tramp qo‘li bilan Finlyandiya prezidenti tizzasiga tegishi tufayli kulgiga qoldi – video

AQSh va Finlyandiya prezidentlari kuni kecha Oq uyda uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuv vaqtida yuz bergan holatga internet foydalanuvlari e’tibor qaratishdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. AQSh va Finlyandiya prezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida yuz bergan holatga internet foydalanuvlari e’tibor qaratishdi. RT Twitter'da bu haqda video joylashtirdi.

​“Finlyandiya – baxtli mamlakat” degan so‘zlardan so‘ng Donald Tramp qo‘li bilan Sauli Niinistning tizzasiga tegadi. Finlyandiya yetakchisiga bu yoqmadi.

Tarmoqda ko‘plab hazil izohlar yozildi: “Qanday hazil ko‘tarmaydigan odam ekan”,  - deb yozgan RufatMA.

“Xarassment - finchasiga qanday bo‘ladi?” – deya so‘ragan sitizenRF.

AlexeyKulakov AQSh yetakchisi diplomatiya etikasiga rioya etish zarurligi haqida izoh yozgan.