Toshkentda shifokorga tan shikastlari yetkazgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bemorning shifoxonaga mast holatda kelgan akasi avval shifokorlarni haqorat qilib, so‘ng 27 yoshli shifokorni do‘pposlagan.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Toshkentda shifokorga tan shikastlari yetkazgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

IIBB xabariga ko‘ra,  29 sentabr kuni Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga shahar 7-son klinik shifoxonasiga tan shikastlari bilan 27 yoshli shifokor Jahongir X. olib kelingani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shifokorlarga bo‘layotgan tajovuzlarning oxiri bormi? - Sog‘liqni saqlash vazirligi

Aniqlanishicha, Jahongir X. o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida 21 yoshli feldsher bilan birga chaqiruv tomon yo‘l olgan. Yetib kelishgach, o‘zini yomon his qilayotgan Dildora M.ga ukol qilib, uni shifoxonaga olib borishgan. Qizning shifoxonaga mast holatda kelgan 29 yoshli akasi Mirhayot M. avval shifokorlarni haqorat qilib, so‘ng Jahongir X.ni urgan.

Hozirda O‘zbekiston  Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borimoqda.