Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

OAV xabariga ko‘ra, Qirollik mudofaa vazirligi xotin-qizlarni harbiy xizmatga qabul qilishni boshlab yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonida ilk marotaba xotin-qizlarga  mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilishga ruxsat berildi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy nashrga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayollar qurolli kuchlarning turli sohalarida, jumladan, havo kuchlari, dengiz floti, havo mudofaasi kuchlari, strategik raketalar va tibbiy xizmatida ham oddiy askar, ham ofitser unvoniga da’vogarlik qilishlari mumkin.  

Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi

Shtab generali Hasan ash-Xashrining aytishiga ko‘ra, xotin-qizlarni harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘ri yo‘nalish sari qadam sanaladi. Shu bilan birga, u Saudiya Arabistoni armiyasida ayollar uchun ish to‘lib yotganini ta’kidlagan.

Saudiya Arabistoni ayollarining harbiy xizmatga jalb qilinishi konservativ davlatdagi ayollar rolini o‘zgartirish bo‘yicha qirollikning yangi qadami hisoblanadi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligida ishlab chiqilgan dasturga binoan ayollar qirollikdagi islohotlarda ishtirok etuvchi harakatlanuvchi kuchga aylanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida ayollarga yolg‘iz sayohat qilish huquqi berilgani xabar qilingan edi.