Rossiyada dunyodagi eng kuchli to‘plardan biri takomillashtirildi - foto

Rossiyada “Malka” zambaragi va “Tulpan” minomotini modernizatsiya qilmoqda. To‘p yuqori portlovchi va reaktiv o‘q-dorilarni otishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Rossiyada dunyoda eng kuchli zambaraklardan biri 2S7M “Malka” modernizatsiyasi yakuniga yetmoqda. Bu haqda RIA Novosti Rostex “Uralvagonzavod” matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

“Malka” bilan birga 2S4 “Lola (Tulpan)” minomet ham takomillashtirilmoqda.

Qurolda uzatmalar qutisi, tarqatish mexanizmlari va elektr ta’minoti bloklari almashtiriladi.

Rossiyada dunyodagi eng kuchli to‘plardan biri takomillashtirildi - foto

Ichki aloqa qurilmalari, radiostansiya, yadroga qarshi himoya va tunda ko‘rish tizimlari, ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash qurilmalari yangilandi.

"Lola" minomotida yagona taktik aloqa tizimida, zamonaviy kuzatuv moslamalari hamda  qurollarda ishlashga imkon beradigan yangi aloqa tizimlari o‘rnatiladi.

“Malka” to‘pi 1980-yilda yaratilgan bo‘lib, dunyodagi eng kuchli qurollardan biri - 2C7 “Pion” qurolining zamonaviylashtirilgan versiyasi hisoblanadi.

Zambarak yuqori portlovchi (OFS) va reaktiv o‘q-dorilarni otishi mumkin. Asosiy ustunlik – betonni yakson qiladigan, kimoviy, yadroviy zaradga ega maxsus o‘q-dorilardan foydalanish imkoniyatiga ega.