Xususiy klinikada o‘tkazilgan plastik operatsiyadan so‘ng 2 bemor vafot etdi

Narkoz berilganidan so‘ng bemorlar ahvoli keskin yomonlashgan, Respublika shoshilinch tibbiy markaziga olib borilishga qaramay ular vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Toshkentdagi Mont Blanc xususiy klinikasida o‘tkazilgan plastik jarrohlik operatsiyasidan so‘ng 2 ayol kishi vafot etdi, ushbu ish yuzasidan prokuratura tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar Bosh prokuratura xabariga asosan.

Samarqandda ilk bor to‘xtatilgan yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Avgust oyida ushbu klinikada ikki nafar ayol – 1976-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosi L.A. hamda 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik ayol G.Sh. vafot etgan.

Ikkala holatda ham jarrohlik operatsiyasi boshlanganidan so‘ng bemorning holati keskin yomonlashgan. Yordam ko‘rsatish maqsadida bemorlar Respublika tezkor tibbiy yoram markazi va Akfa Medline markaziga olib borilishiga qaramay ular vafot etishgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha bemor G. Sh. homilador bo‘lgan.

Ayni damda ushbu holat yuzasida Shayxontoxur teman prokuraturasi tergovdan oldingi tekshiruv o‘tkazmoqda, jinoyat ishi ochilmagan.Mont Blanc klinikasi esa nomini o‘zgartirgan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.