Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Hozirda Madrimov Nyu-Yorkda jangga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Kuni kecha bokschi Nyu-Yorkdagi markaziy ko‘chalarning birida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5-oktabr kuni “Medison-skver-garden” arenasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unga meksikalik bokschi Alexandro Barrera raqiblik qiladi. Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 29 jangda g‘alaba qozongan va 5 bor mag‘lubiyatga uchragan.

Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Hozirda Madrimov Nyu-Yorkda jangga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Kuni kecha bokschi Nyu-Yorkdagi markaziy ko‘chalarning birida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Uni tomosha qilish uchun shaharda istiqomat qilayotgan hamurtlari va ko‘p sonli boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Madrimov va Barrero o‘rtasidagi jangni “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.