AQSh Yevropa tovarlariga yangi bojlarni kiritadi

AQSh Yevropa ittifoqdan olib kiriladigan havo kemalar, qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlariga yangi bojlarni kiritadi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. AQSh Yevropa ittifoqdan olib kiriladigan havo kemalarga 10 foizlik, qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlariga 25 foizlik bojlarni kiritadi. Bu haqda amerikalik savdo vakili Robert Laytxayzer ma’lum qildi.

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

Ushbu qaror, Airbus aviakompaniyasining samolyot ishlab chiqaruvchi konserniga berilgan subsidiyalar tufayli JST AQShga Yevropa ittifoqiga qarshi 7,5 milliard dollarlik savdo choralarini amalga oshirishga ruxsat berdi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bojlar samolyot qismlariga qo‘llanilmaydi.

Shu o‘rinda savdo vakili tovarlarning qanday xajmiga yangi bojlarni kiritilishiga aniqlik kiritmadi. Qaror 18-oktabrda kuchga kiradi.

Laytxayzer ta’kidlashicha, bojlarning asosiy qismi "noqonuniy subsidiyalar uchun javobgar" bo‘lgan mamlakatlar - Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Buyuk Britaniya mahsulotlariga qo‘llaniladi.

AQSh JST atrofidagi masalani hal qilish uchun Yevropa ittifoqi bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan.