Xitoylik yigit pul yig‘ish maqsadida soxta to‘y qildi

Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul ko‘rinishida sovg‘alarni olish maqsadida soxta to‘y uyushtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Xitoyning Guychjou viloyatida istiqomat qiluvchi erkak pul ko‘rinishidagi sovg‘alar olish uchun soxta to‘y o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti AsiaOne nashriga asosan xabar qildi.

Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Erkak qarindosh va do‘stlari oldida kelin rolini tasvirlashi uchun "do‘stlarni ijara"ga ixtisoslashgan agentlikdan Siao Li ismli qizni yollagan. Kelishuvga ko‘ra Siao 22-28 avgust kunlari yigit bilan birga bo‘lishi kerak bo‘lgan. “Kuyov” bilan o‘tkaziladigan har bir kun narxi 521 yuan (72 dollar) tashkil qiladi.

To‘y marosimi 25-avgust kuni o‘tkazildi. Erkak qizga yo‘l, yashash va ovqatlanish harakatlarini to‘lash kerak bo‘lgan.

Mehmonlar “yosh kelin kuyov”larga 60 ming yuan (8400 dollar) sovg‘a qilishdi. Oldindan kelishuvga ko‘ra, yigit pullarni o‘ziga olgan.

To‘ydan keyin “juflik” bir necha kun davomida viloyat bo‘ylab sayyohat qilishdi. Biroq “ijara” muddati tugishi bilanoq, yigit pul to‘lamay g‘oyib bo‘ldi. Yigit darhol ijtimoyi tarmoqlarda qizni bloklab, uning qo‘ng‘iroqlarga javob bermaydi.

Siao Li avdokatlarga murojaat qildi. Ular yozma shartnoma tuzmaganligi sababli qiz o‘zini noqulay holatga qo‘yganini aytishdi.