Tayvanda ulkan ko‘prik quladi - video

Tayvandagi Ilan uyezdida ko‘prik qulab tushdi. Uning ostida kemalar bo‘lgan. Hodisa oqibatida o‘n kishi jarohat oldi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Tayvandagi Ilan uyezdida ko‘prik qulab tushdi.  Bu haqda Singapur Channel NewsAsia video lavhani e’lon qildi.

Ko‘rik qulashi seshanba kuni sodir bo‘ldi.

Tayvan markaziy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida ko‘prikdan benzin tashuvchi yuk mashinasi harakatlanayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, ko‘prik ostida baliqchilik qayiqlar bo‘lgan, ko‘plab odamlar suvga tushib ketdi.

Yong‘in xizmati xabar qilishicha, kamida o‘n kishi, shu jumladan yuk mashinasi haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Shular qatori patrul xizmatining ikki xodimi yengil jarohat olgan.