Suriyada Rossiyaning S-500 tizimi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

Rossiyaning S-500 "Prometey" yangi zenit-raketa tizimi 480 kilometrgacha bo‘lgan nishonlarga zarba berishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Suriyada Rossiyaning S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimining elementlari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Izvestiya” nashri Mudofaa vazirligidagi manbaaga asosan.  

Sinov davomida ayrim kamchiliklar aniqlandi, lekin ular tezda bartaraf etildi. Sinov tugatildi va u muvaffaqiyatli deb tan olindi, - deyilgan mudofaa vazirligi xabarida.

“Rostex” bosh direktori Sergey Chemezov aytishiga qaraganda S-500 tizimini seriyali ishlab chiqarish 2020-yilning ikkinchi yarmida boshlanadi va birinchi 5-yil ichida tizim faqat rossiya qurolli kuchlariga yetkazib beriladi. Shundan so‘ng uni eksport qilish boshlanishi mumkin.

2018 yilning may oyida AQShning CNBC kanali Rossiya Suriyada S-500 tizimini “yashirincha” sinovdan o‘tkazganini xabar qilgan edi. The National Interest yozishiga ko‘ra, yangi zenit-raketa tizimi rekord uzoqlikdagi (480km) nishonlarga zarba berishi mumkinligini  xabar qilgan edi.