Putin Tramp bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan hech qachon yaqin munosabatlari bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan hech qachon yaqin munosabatlari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim

“Bizning hech qachon yaqin munosabatlarimiz bo‘lmagan, hozir ham yo‘q. Bizning ishga aloqador, yaxshi, mening fikrimcha, yetarli darajada barqaror ishonchli munosabatlarimiz bor”, - dedi Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligida chiqishi davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

Shuningdek, Putin u va Tramp o‘rtasidagi yaqin munosabatlar AQShdagi mojarolarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etgan.

“Men va prezident Tramp o‘rtasidagi yaqin munosabatlar AQShdagi ichki siyosiy mojarolarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. AQSh ichidagi barcha janjallar men Tramp bilan tanishmasimdan oldin paydo bo‘lgan”, - deya ta’kidlagan Rossiya rahbari.