O‘zbekiston va YeOII

Oqilona qaror: Matviyenko O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi haqida

O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilishi mumkin. Bu masala xususida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko izoh berdi.
Sputnik

Rossiya parlamenti Yuqori palatasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy aloqalariga yangi turtki beradi va respublika iqtisodiyotiga zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turish imkonini beradi.

Valentina Matviyenko Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston parlamenti a’zolari, o‘z navbatida, “yevroosiyo oilasi”ga qo‘shilish uzoq vaqtga cho‘zilmasligi uchun bu jarayonga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerakligini ta’kidladi.

Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqidan lavhani Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qilishingiz mumkin.