O‘zbekiston va YeOII

Ekspert: YeOIIga a’zolik yangi savdo yo‘llarini ochadi va migrantlarga yordam beradi

"Yevroosiyo dunyosi" jamoatchilik fondi rahbari, siyosatshunos Eduard Poletayev O‘zbekistonning xalqaro siyosati haqida gapirdi va respublikaning YeOIIga kirish istiqbollarini baholadi.
Sputnik

Ekspert ta’kidiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev davrida O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ammo xalqaro siyosat konsepsiyasi va ikkiyoqlama munosabatlarni rivojlantirishga beriladigan urg‘u o‘zgarmagan. Tabiiyki, O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining barcha ishtirokchilari bilan hamkorlikni mustahkamlab boradi, dedi Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Eduard Poletayev.

Oqilona qaror: Matviyenko O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi haqida

YeOIIda tovar aylanmasi o‘sishi Osiyo mamlakatlari chambarchas hamkorligiga bog‘liq. O‘zbekiston bunga juda mos keladi, deb hisoblaydi ekspert, negaki hozir respublikada iqtisodiyot maksimal darajada eksportga yo‘naltirilmoqda. Bunday sharoitda esa, yangi xalqaro savdo yo‘llariga chiqish muhim zarurat hisoblanadi. Ko‘pdan-ko‘p hollarda ayrim savdo cheklovlari O‘zbekistonga YeOII mamlakatlari bozorlariga chiqishga halal bermoqda.

Shu asnoda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik foydali bo‘lishi mumkin. Bu migrantlarga ham yordam beradi, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarga nisbatan "talabchanlik bo‘shashtirilib", ular "imtiyozlarga" ega bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas.

Eskpert izohini to‘liq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Ekspert: YeOIIga a’zolik yangi savdo yo‘llarini ochadi va migrantlarga yordam beradi