O‘zbekiston va YeOII

Mirziyoyev YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi - Matviyenko

Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

Matviyenko: G‘alabaning 75-yilligini nishonlash bo‘yicha Senat hamraislariga topshiriqlar berildi

RIA Novosti xabar qilishicha, bu haqda Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“O‘zbekiston prezidenti qaror qabul qildi va hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi ishlab chiqilmoqda”, - deb ta’kidladi Matviyenko.

Matviyenko O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishi kechiktirmasdan amalga oshirilishiga umid bildirdi. Rossiya yevroosiyo oilasi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan mamnun bo‘ladi.

“Agar bu amalga oshsa, shubhasiz, bu juda ulkan ish bo‘ladi, chunki u xalqaro amaliyotga mos keladi va globallashuv jarayonlarini hisobga oladi”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya Federatsiya kengashi raisi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga qo‘shilgandan so‘ng, Rossiya ushbu mamlakat bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishini va "davlatlararo munosabatlarda mavjud bo‘lgan ma’lum to‘siqlar" olib tashlanishi ta’kidlab o‘tildi.