Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga qachon borishi ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga navbatdagi tashrifi qachon bo‘lib o‘tishini xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif bilan 2020-yilning fevral oyida keladi deb xabar qildi Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya-O‘zbekiston Ishchi kengashining 4-majlisida. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

“Ishonchim komilki, Shavkat Mirziyoyevning kelasi yil boshida rejalashtirilgan tashrifi bizning aloqalarimizni mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ladi”, - dedi Safayev.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya Federatsiya kengashining raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif doirasida O‘zbekistonning Qonunchilik muammolari hamda parlamentlararo izlanishlar instituti va Rossiya Federatsiya kengashi apparati orasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash rejalashtirilgan.