Sayyorani qutqaring: “Environmental Photographer 2019” tanlovi g‘oliblari

Sputnik

CIWEM Angliya xayriya tashkiloti “Environmental Photographer of the Year 2019” tanlovining g‘oliblarini e’lon qildi. Hindistonlik suratchi Shant Kumarning “Toshqinning uyga kirishi” surati yilning eng yaxshi surati deb e’tirof etildi

“Environmental Photographer of the Year” fototanlovida o‘z suratlarida ekologiya va ijtimoiy muammolarni aks ettiruvchi suratchilar qatnatishlari mumkin. Tanlovning asosiy sharti -  suratlar zamonaviy bo‘lishi va global miqyosdagi muammolarni ko‘tarishi lozim. Qolaversa, kishilarni atrof-muhit haqida qayg‘urishga undashi lozim.

G‘oliblarning sara va yorqin suratlarini Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida tomosha qiling.

1 / 14
"Noiloj choralar". Karkidonni brakonyerlardan himoya qilish maqsadida uning shoxini kesib tashlashmoqda. Surat muallifi Nevill Ngomane - yilning eng yaxshi yosh ekologik suratchisi.
2 / 14
"Okean qalbi". Vyetnamlik suratchi Chan Tuan Vyetdengizlarni saqlab qolish muammosiga e’tibor qaratadi. Baliq zaxiralari kam qolgan sari, ularni ovlash usullari yanada takomillashtirilmoqda
3 / 14
"O‘rmon yodgorliklari". "Iqlim va energetika sohasidagi harakat" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan J. Henri Feyr surati. Suratda 12 ming yoshdagi Hambah o‘rmoni tasvirlangan.
4 / 14
"Kundalik ish", surat muallifi - M Yusuf Tushar. Minglab bangladeshliklar Dakkaga yaxshi hayot kechirish ilinjida kelishadi va ko‘mir tushirish kabi eng og‘ir va qora ishlarni qilishga mujburlar.
5 / 14
Amdad Husseynning "G‘aflat uyqusi" nomli surati. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida chiqindiga to‘la sohilda uyquga ketgan ayol.
6 / 14
Antonio Aragon Renunsio surati. Plastik paket o‘ynayotgan ko‘dak nigohi.
7 / 14
"Shahar ekologiyasi" nominatsiyasi g‘olibi Eliud Gil Samanyegoning Mexiko shahri aks etgan surati. Mexiko ekologiya nuqtayi nazaridan eng havosi ifloslangan yirik shaharlardan biri sanaladi.
8 / 14
"Chiqindi". Shabnam Jo‘shqin Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida suv ostiga nazar solib, chiqindilar girdobida qoldi.
9 / 14
Frederik Darshining Keniyada suratga olingan "Suv tanqisligi" deb nomlanuvchi surati. Surat "Suv, teng huquqlik va xavfsizlik" nominatsiyasida eng yaxshi deb tan olingan. Surat olingan joydagi suv tanqisligiga o‘rmon kesilishi sabab bo‘lgan.
10 / 14
Britaniyalik Shon Gallaher "Atrof-muhitning o‘zgarishi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Suratda iqlim muammolari tufayli suv toshqinlari xavfi ostida qolgan Polineziya orollari tasvirlangan.
11 / 14
"Ko‘rinmas". Muallif Valeriya Leonard. Suratda Katmandu yaqinidagi chiqindixona tasvirlangan. Unda qimmatbaho narsa topish va uni sotib kun ko‘rish ilinjidagi ayol aks etgan.


12 / 14
Hindistonlik suratchi Shant Kumarning “Toshqinning uyga kirishi” surati yilning eng yaxshi surati deb e’tirof etildi.
13 / 14
"Yer o‘pkasi". tunda daraxtlarni suratga olish oddiy ish emas. Britaniyalik Yan Ueyd ushbu suratni olish uchun bir haftalik vaqtini sarfladi.
14 / 14
"Shirin tush". Antonio Aragon Renunsio surati. Yomg‘irning ko‘p yog‘ishi sababli Afrikaning Saxal hududidagi maktab partasida uxlab qolgan qizaloq.