So‘nggi o‘n yil ichida eng yirik parad bo‘lgani e’tirof etildi. Unda 15 mingga yaqin harbiylar, 580 dona texnika va 160 dona samolyot va vertolotlar qatnashdi.
“Bu buyuk davlat asosiga putur yetkazadigan bironta ham kuch yo‘q. Dunyoda birorta kuch Xitoy millatini oldinga harakatlanishdan to‘xtata olmaydi", - deya bayonot qilgan Si Szinpin Tananmen maydonida harbiy parad boshlanishi avvalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalqi 70-yil davomida o‘zlarining sa’y-harakatlari va kurashlari tufayli dunyoni hayratga solgan yutuqlarga erishdi.