YeOII va Singapur erkin savdo zonasini tashkil etish haqida bitimni imzoladi

Savdo-sotiqni yengillashtirish va YeOII davlatlari uchinchi davlatlar bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan tovarlarga bojlarni kamaytirish maqsadida hujjat imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq oliy kengashida YeOII va  Singapur o‘rtasida erkin savdo zonasini tashkil etish haqida bitim imzolandi.

Yangi Bojxona kodeksi – bu O‘zbekistonning YeOIIga kirish yo‘lidagi qadamidir - Alisenov

Hujjatni imzolash marosimida YeOII davlat rahbarlari va Singapur bosh vaziri Li San Lun ishtirok etdi.

“Bitimni imzolash Singapur uchun oldinga qo‘yilgan muhim qadamdir. Umid qilamizki, bu bitim kelgusi hamkorlik uchun yo‘l ochadi”, - deb ta’kidladi Li San Lun.

Savdo-sotiqni yengillashtirish va YeOII davlatlari uchinchi davlatlar bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan tovarlarga bojlarni kamaytirish maqsadida hujjat imzolandi.