Cho‘ldagi mo‘’jiza: Nur-Sulton yaqinidagi ko‘l rangini o‘zgartiradi

Mahalliy aholi ko‘l haqida ko‘p qayg‘uradi va begonalarga u haqida so‘zlab berishni xush ko‘rmaydi. Ular sayyohar oqimi ko‘lga jiddiy zarar yetkazishi mumkin deb hisoblashadi.
Sputnik

Kobeztuz sho‘r ko‘li cho‘l o‘rtasida joylashgan. U unchalik chuqur emas, uning suvi esa shifobaxsh sanaladi.

Ko‘l ob-havo va kunning vaqtiga qarab o‘z rangini o‘zgartirib turadi. U taxminan 10-yil bir marta pushti rangga kiradi. Bunday rangni yozning jazirama kunlarida kuzatish mumkin.

Kobeytuz rangini o‘zgartirib turishiga sho‘r suvda yashaydigan dunaliyella planktoni sababchidir. Sovuq tushishi bilan pushti rang o‘zini rangini yo‘qotib, o‘z holiga qaytadi.

Mahalliy aholi ko‘l haqida ko‘p qayg‘uradi va begonalarga u haqida so‘zlab berishni xush ko‘rmaydi. Ular sayyohar oqimi ko‘lga jiddiy zarar yetkazishi mumkin deb hisoblashadi. Shuning uchun ulardan uning atrofiga chiqindi tashlamaslikni va tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni so‘radi.

Qayd etish joizki, sayyoramizda pushti ko‘l barmoq bilan sanarli. Avstraliyadagi Hiller ko‘li, Senegaldagi Retba ko‘li va Ispaniyadagi Torrevexa sho‘r ko‘li shular jumlasidandir.

Sputnik O‘zbekiston lavhasida tabiatning mo‘’jizasi bo‘lmish ko‘lni tomosha qilishingiz mumkin.